Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Van Deyk “PSJ” rahbariyatidan kechirim so‘radi

Van Deyk “PSJ” rahbariyatidan kechirim so‘radi

Baho:
+ | -

“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk UEFA Chempionlar ligasi 1/8  final javob uchrashuvidan keyin “PSJ” rahbariyati bilan uchrashib, avvalgi fikri uchun uzr so‘radi.

RMC Sport’ning xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi Parij klubining sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luish Kampush va prezident Nosir Al-Xelayfi bilan suhbatlashgan.

Van Deyk o‘tgan haftada Parijda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv paytida Ibrohim Konatega qizil kartochka ko‘rsatilmagani borasida tortishuv yuzaga kelganini eslatib, o‘zining “Bro, bu Liga 1 emas” degan so‘zlari uchun kechirim so‘ragan.

Bundan tashqari, van Deyk “PSJ” jamoasini so‘nggi uch yil ichida o‘zi to‘qnash kelgan eng kuchli raqib deb atagan. Parij klubi rahbariyati futbolchining bu harakatini yuqori baholagan.

Ma’lumot uchun, Angliyada kechgan “Liverpul” - “PSJ” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsida parijliklar penaltilar seriyasida 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ushbu bosqichda “PSJ”ga Angliyaning boshqa bir jamoasi — “Aston Villa” raqiblik qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:37, 14.03.2025.
O'qildi: 1935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик