Erling Xoland APLda o‘zi ishtirok etgan gollari sonini 100 taga yetkazdi.
Bugun "Manchester Siti" forvardi 29-tur doirasidagi "Brayton"ga qarshi o‘yinning 11-daqiqasida penaltidan hisobni ochdi.
Bu norvegiyalik futbolchining Premyer-ligadagi 84-goli bo‘ldi. Shuningdek, u 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Xoland "gol+pas" tizimi bo‘yicha APL tarixida 100 ta ochkoni eng tez qo‘lga kiritgan futbolchi bo‘ldi - 94 o‘yinda. U Alan Shirerning rekordini (100 ta o‘yin) yangiladi.