Kirish Ro'yxatdan o'tish

Asror Aliqulov: "Biz Superligada eng kam smetaga ega bo‘lgan klubmiz, biroq..."

Asror Aliqulov: "Biz Superligada eng kam smetaga ega bo‘lgan klubmiz, biroq..."

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Birinchi bo‘limda Superliga starti bilan bog‘liq futbolchilarda hayajon kuzatildi. Kirishib ketishda qiyinchiliklarga duch keldik. "Dinamo"ning kuchli tomoni qanotlar. Biz ko‘proq qarshi hujum maqsadi bilan reja tuzgandik. Bo‘lim oxirida o‘tkazib yuborilgan gol boshqacharoq uslubga olib keldi. Vaziyatlar yarata oldik, biroq gol urish nasib etmadi. Birinchi o‘yin uchun yomon o‘yin ko‘rsatmadik.

— "Mash’al"ning joriy mavsumdagi rejalari qanday?

— Sharoit borasida muammo yo‘q. Biz Superligada eng kam smetaga ega bo‘lgan klubmiz, biroq bu amalda hech narsani anglatmaydi. Klub uchun qo‘yilgan talab Superligaga chiqdikmi, munosib o‘ynash. "Mash’al" baribir o‘zining avvalgi mavqe’iga qaytadi.


— Jamoa o‘zbek futboliga juda ko‘p nomlarni yetkazib bergan. Bu amaliyot hozir ham davom etayaptimi?
— Qisqa vaqtda biz Superligaga chiqdik. Yoshlarga tajriba kerak, bu katta o‘yinlarda sezilib qolayapti. Biz jamoa yoshlarini katta futbolga tayyorlash uchun mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapmiz. U-21 va U-19 jamoamizda yosh iqtidorli futbolchilar bor, biz "Mash’al"ni avvalgi davrlardagi kabi yangi nomlarni yetkazib berishi ustida ishlayapmiz.

— Jamoa akademiyasi yopilayotgani haqida xabarlar rostmi?
— Qiyinchiliklar bo‘lgani rost. Lekin hozir akademiya to‘liq hajmda ishlamoqda.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:09, 15.03.2025.
O'qildi: 961 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик