Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kimmix "Bavariya"ni tark etishga yaqin kelganini esladi

Kimmix "Bavariya"ni tark etishga yaqin kelganini esladi

Baho:
+ | -

"Bavariya" xavbeki Yozua Kimmix o‘tgan yilning yozida klubni tark etishi mumkinligini esladi.

Yaqinda 30 yoshli futbolchi myunxenliklar bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi, ammo hammasi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi: o‘tgan yozda "Bavariya" o‘z yulduzini sotishga tayyor edi.

"Men sotuvga nomzodlardan biri edim. O‘shanda "Bavariya" futbolchilarning maoshlarini qisqartirmoqchi ekani haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgandi. Mavsumoldi tayyorgarlik boshlanganidan ko‘p o‘tmay, to‘satdan klub yuziga aylanishim kerakligini aytishdi. Bir necha hafta ichida bunday keskin o‘zgarishga ishonishim qiyin edi. Jamoaga yangi murabbiy keldi, shuning uchun qanday o‘ynashimizni, qanday natijalarga erishishimizni kutishni xohladim.

Eberl va Froynd menga bosim o‘tkazishmadi, qaror qabul qilish uchun vaqt berishdi, chunki ular vaziyatni tushunishdi va men ulardan buning uchun juda minnatdorman," - deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Kiritildi: 11:37, 16.03.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик