Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" "Real" qiziqayotgan futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazdi

"Liverpul" "Real" qiziqayotgan futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" va Angliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Mark Gexiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli futbolchi uzoq vaqtdan beri Premyer-liganing top-klublaridan biriga o‘tish ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lib, unga Madridning "Real" klubi ham da’vogarlik qilayotgan edi. DaveOCKOP xabariga ko‘ra, shu hafta "Liverpul" Gexi vakillari bilan ehtimoliy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 45 mln yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Mark Gexi "Kristal Pelas" safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:13, 16.03.2025.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик