Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Sergey Lushan: “Futbolda qaysi jamoa ko‘p gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonadi”

Sergey Lushan: “Futbolda qaysi jamoa ko‘p gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonadi”

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Sergey Ivanovich Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Uchrashuv yaxshi o‘tdi, teng kurashlar ostida kechdi. “So‘g‘diyona” yaxshi raqib. Futbolda qaysi jamoa ko‘p gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Uchrashuv menga juda yoqdi va yigitlarga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildirdim. Muxlislarga ham ushbu bellashuv yoqdi, deb o‘ylayman.Balki, durang adolatli natija emasdir, ammo biz yuzaga kelgan vaziyatlardan deyarli yuz foiz foydalandik. Mezbonlar esa yana ikkita qulay vaziyatni ko‘kka sovurishdi. Bu futbol hamda unda shunday holatlar uchrab turadi.

- Birinchi tur bahsida ma’lum sabablar tufayli “Navbahor” tarkibida muammolar yuzaga kelgandi. Bugungi o‘yinda esa tarkib boshqacha ko‘rinish oldi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Siz 1-tur uchrashuvida Azimjon Ahmedov va Mirzohid G‘ofurovlarni maydonga tusha olmaganligi borasida aytyapsizmi? “Navbahor”ning tarkibi joriy mavsumda mutlaqo yangilandi. O‘tgan yilgi tarkibdan bor-yo‘g‘i ikki nafar futbolchi qoldi, xolos. O‘zbekistondagi hech qaysi jamoada bunday katta o‘zgarishlar yuz bermadi va jamoalar asosiy tarkib o‘zagini saqlab qolishdi. Balki bu yaxshilikkadir. Yangilangan tarkib bilan biz niyatimizni amalga oshirishga harakat qilyapmiz. O‘ylaganlarimiz ba’zan amalga oshyapti, ba’zida esa unchalik o‘xshamayapti. Safimizdan juda mahoratli o‘yinchilar joy olishgan. Faqat o‘yinning sifatini oshirishimiz lozim. Ayni paytda himoya hamda hujumda muammolar bor. Buni yaxshilash borasida ish olib boryapmiz va bu o‘z samarasini beradi, degan umiddaman.

- Alisher Odilov va Ruslanbek Jiyanovlar bugun zaxiradan maydonga tushishdi. Ular to‘liq 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emasmidilar yoki bu o‘ziga xos taktikamidi?

- Bu o‘ziga xos taktik qaror edi. Bugun ertalab yigitlarni chaqirib, ularga so‘nggi 30 daqiqa davomida o‘yinni kuchaytirish lozimligini ta’kidladim. O‘tgan uchrashuvda buni amalga oshirolmagandik. Bugungi bellashuvda esa 1-bo‘limni himoyalangan holda o‘tkazib, 2-bo‘limda yosh va iqtidorli, tezkor futbolchilarni maydonga tushirgan holda, hujumni kuchaytirishga intildik hamda bu o‘z samarasini berdi.

Hamma uchrashuvda ham mazkur usulni qo‘llamaymiz, albatta, lekin ushbu o‘yinda shunday taktikani qo‘lladik. Menimcha, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar yuz foiz ishonchni oqlashdi" - dedi Lushan.

Kiritildi: 01:43, 17.03.2025.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.