"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt Angliya terma jamoasining JCH-2026 saralashida Albaniya va Latviyaga qarshi o‘yinlariga chaqirildi.
21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi 2023 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi 2024 yilning sentyabrida kattalar jamoasi safida debyut qildi.
U "uch sherlar" safida 2 ta gol urgan.