Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Jaloliddin Masharipov: «Agar JCHga chiqsak, qolgan o‘yinchilarda ham Yevropa klublariga o‘tish imkoniyati oshadi»

Jaloliddin Masharipov: «Agar JCHga chiqsak, qolgan o‘yinchilarda ham Yevropa klublariga o‘tish imkoniyati oshadi»

Baho:
+ | -1

Eronning "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston terma jamoasinnig bugungi mashg‘ulotida OAV vakillari bilan suhbatda bo‘ldi.

"Terma jamoada tayyorgarlik uchun ko‘p vaqt yo‘q. Shunga qaramasdan, terma jamoa muhitiga tezroq kirishib olishimiz kerak. Chunki oldimizda juda ham kerakli va muhim o‘yinlar turibdi. Xudo xohlasa, tayyormiz.

Abduqodir "planka"ni juda ham ko‘tarib yubordi. Bundan xursandmiz. Agar jahon chempionatiga chiqsak, bu holat o‘zbek futbolchilariga ham, o‘zbekistonlik muxlislarga ham yaxshi bo‘ladi. Boisi, Yevropa futboli mutaxassislar endi o‘zbekistonlik o‘yinchilarni diqqat bilan kuzatishadi. Natijada boshqa futbolchilarning Yevropa klublariga o‘tish imkoniyati oshadi. Oston O‘runov, Abbos Fayzullayev kabi o‘yinchilarda buning uchun katta imkoniyat bor.

Qirg‘iziston — yaxshi raqib. Ularni hurmat qilamiz. Hozirgi paytda raqibni mensimasdan maydonga tushsak, yutqazib qo‘yishimiz mumkin. Bunday o‘yinlarning ko‘pini ko‘rganmiz. Lekin o‘z uyimizda qanday jamoa ekanimizni, qanday futbolchilarga ega ekanimizni, qanday muxlislarimiz borligini ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Muxlislarimiz bizdan g‘alaba kutib turganini bilamiz. Ularni xursand qilamiz, degan umiddaman", — dedi Jaloliddin Masharipov.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:04, 18.03.2025.
O'qildi: 9259 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик