Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Husanov «Manchester Siti»ning eng qimmat futbolchilari orasida nechanchi o‘rinda ekani ma’lum bo‘ldi

Husanov «Manchester Siti»ning eng qimmat futbolchilari orasida nechanchi o‘rinda ekani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+-4 | -

«Manchester Siti» himoyachisi, o‘zbekistonlik Abduqodir Husanovning narxi Transfermarkt.de saytida keskin oshdi.

Avvalroq, nufuzli sayt Husanovni 12 million yevro deb baholagan bo‘lsa, endilikda uning narxi 35 million yevrogacha ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra, Abduqodir jamoada 12-o‘rinni egalladi.

Hozirgi kunda «Manchester Siti»ning eng qimmat futbolchisi Erling Xoland bo‘lib, uning bozor bahosi 200 million yevroga teng. Shuningdek, kuchli uchlikka yarim himoyachi Rodri va vinger Fil Foden ham kirgan – ularning har biri 130 million yevroga baholanmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov fevral oyida «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga 40 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi angliyaliklar safida sakkizta o‘yin o‘tkazib, bir gol urgan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:22, 18.03.2025.
O'qildi: 5472 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик