Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Levandovski – La Liga hakamlari haqida: «Ba’zan ular qo‘pol emas, balki iflos o‘yinga yo‘l qo‘yishadi»

Levandovski – La Liga hakamlari haqida: «Ba’zan ular qo‘pol emas, balki iflos o‘yinga yo‘l qo‘yishadi»

Baho:
+1 | -

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski La Liga hakamlari ba’zan iflos o‘yinga imkon berishi haqida gapirib o‘tdi.

«Men jamoalar bizga qandaydir tarzda to‘sqinlik qilishga harakat qilayotganini tushunaman, lekin ba’zan hakamlar ham bunga yo‘l qo‘yib berishadi. Bizga doimo belgilangan chegaralar borligi aytilsa-da, uning qayerda ekanini anglash qiyin.

Menimcha, hakamlar hujumkor futbolni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Ba’zan hakamlar shunchaki qo‘pol o‘yinga emas, balki iflos o‘yinga imkon berishadi. Agar kimdir keskin o‘ynasa, buni tushunish mumkin, lekin agar seni quchoqlab yerga yiqitsa, nazarimda, bu haddan oshishdir», – dedi Levandovski Marca nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Levandovski 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 35 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:53, 19.03.2025.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик