Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko - Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

«Barselona» «Osasuna»ga qarshi o‘yinni 27 mart kuni o‘tkazish qaroriga apellyasiya berdi

«Barselona» «Osasuna»ga qarshi o‘yinni 27 mart kuni o‘tkazish qaroriga apellyasiya berdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» «Osasuna»ga qarshi o‘yin sanasi bo‘yicha qabul qilingan qarorga apellyasiya berdi.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 27-tur uchrashuvi 8 mart kuni o‘tkazilishi kerak edi, ammo kataloniyaliklar tibbiy shtabi a’zosi Karles Minyarroning vafoti sababli o‘yin keyinga qoldirilgan edi. Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) mazkur uchrashuv 27 mart kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

"Marca" nashrining xabar berishicha, «Barselona» ushbu qarorga qarshi shikoyat qilgan. Klub uchrashuvni boshqa kunga ko‘chirishni istamoqda, chunki 27 martda bo‘ladigan bahsda jamoaning olti nafar futbolchisi ishtirok eta olmaydi. Rafinya Dias, Ronald Arauxo, Fermin Lopes, Pablo Torre, Jerar Martin va Ektor Fort terma jamoa yig‘inlarida bo‘ladi.

Shu bilan birga, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati bu masala jamoa foydasiga hal bo‘lishi katta umid qilmayapti. Klub 27 martda o‘ynashga to‘g‘ri kelishini anglab bormoqda.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:02, 19.03.2025.
O'qildi: 2961 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.