Jurnalist Janluidji Longari bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi rahbarlari va Den Eshvort o‘rtasida o‘z klubidagi sport direktori roli bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Den Eshvort o‘tgan yilning iyun-dekabr oylari orasida "Manchester Yunayted" sport direktori lavozimida ishlagan. Bungacha u “Vest Bromvich”, “Brayton”, “Nyukasl” va hatto Angliya terma jamoasida ishladi.