Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

"Everton" va "Lester" Buyuk Britaniyada taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, qimor o‘yinlari operatorlarini targ‘ib qilmoqda

"Everton" va "Lester" Buyuk Britaniyada taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, qimor o‘yinlari operatorlarini targ‘ib qilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA / Klublar / Liboslar
Rukn: Yangiliklar

Qimor o‘yinlari reklamasini to‘xtatish koalisiyasi (CEGA) Buyuk Britaniya Qimor o‘yinlari komissiyasiga (GC) rasman lisenziyalanmagan Stake va BCGame o‘yinlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama qilgan "Everton" va "Lester" klublariga qarshi shikoyat bilan murojaat qildi va chora ko‘rishga chaqirdi.

Bunday xatti-harakatlarning asosiy sababi shundaki, Stake va BCGame Buyuk Britaniyada mahalliy lisenziyaga ega emas, lekin bu klublarning hozirgi hamkorlari bo‘lib, mos ravishda "Everton" va "Lester"ning futbol formalarida joylashishda davom etmoqda.

Da’volarga javoban, "Everton" Stake bilan kelishuvi global hamkorlik ekanligini va klub Buyuk Britaniya qimor bozorini targ‘ib qilmayotganini aytdi.

"Everton" ham, "Lester" ham Buyuk Britaniya Qimor o‘yinlari komissiyasining barcha qoidalariga rioya qilishlarini, o‘zlarining huquqiy pozisiyalaridan to‘liq mamnun ekanliklarini va homiylik shartnomalarining qonuniyligiga ishonchlarini aytishdi.

Kiritildi: 14:04, 25.03.2025.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик