Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Liverpul"ga bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi

"Liverpul"ga bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi

Baho:
+ | -

"Liverpul" allaqachon "Bornmut"ning chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez transferi ustida ishlamoqda. Vengriyalik himoyachi "qizillar"ning yozgi bozordagi ustuvorliklaridan biri bo‘lib, uning transferi yaqin haftalarda amalga oshishi mumkin.

Arne Slot jamoasi bir nechta pozisiyalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va himoyaning chap qanoti asosiy ustuvorliklar qatorida. Endryu Robertson va Kostas Simikasning kelajagi noaniqligicha qolmoqda, shuning uchun "Liverpul" Kerkezni bu pozisiya uchun asosiy variant sifatida ko‘rmoqda.

"Bornmut" o‘z himoyachisini osonlikcha qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti va uning uchun taxminan 40 million funt talab qilmoqda. Shartnoma yana uch mavsum davom etishiga qaramay, klubdagilar Kerkezni "Liverpul" qiziqishlari oldida ushlab turish qiyin bo‘lishini allaqachon tushunib yetishgan. Futbolchining atrofidan kelishuv yakuniy bosqichda ekani, uning "Enfild"ga o‘tishi vaqt masalasi ekani haqida xabarlar kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Milosh Kerkez joriy mavsum "Bornmut" safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:44, 27.03.2025.
O'qildi: 1218 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик