Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Hakamlar akademiyasi faoliyatiga oid vazifalar belgilab olindi

Hakamlar akademiyasi faoliyatiga oid vazifalar belgilab olindi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston futbol hakamlar markazi hamkorligida mamlakatimizda hakamlik tizimini yanada rivojlantirish, yosh hakamlarning bilim va tajribasini oshirish hamda ularning professional o‘sishiga ko‘maklashish maqsadida Hakamlar akademiyasi tashkil etilmoqda.

27 mart kuni O‘FA va O‘zFHM rahbariyati ishtirokida akademiya faoliyatiga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:

— Hududlardagi hakamlarning aniq sonini aniqlash;

— Musobaqalarda yosh va iqtidorli hakamlarni tanlab olish hamda ularni muntazam kuzatib borish;

— O‘zbekistonda erkak va ayol hakamlar sonini oshirish;

— Akademiyada ta’lim oluvchilarni O‘FA va O‘zFHM tomonidan maxsus kiyim-kechak hamda kerakli jihozlar bilan ta’minlash;

— O‘quv jarayonini 6 ta modul asosida tashkil etish belgilab olindi.

Akademiyaga qabul qilish jarayoni aniq mezonlar asosida amalga oshiriladi. Ilk seleksiya bosqichida quyidagi talablar qo‘yiladi:

— Yosh: 18-28 yosh oralig‘ida bo‘lishi;

— Antropometrik ko‘rsatkichlar: erkaklar uchun kamida 170 sm, ayollar uchun kamida 160 sm bo‘lishi;

— Jismoniy tayyorgarlik darajasi;

— Futbol haqidagi tushunchasi va nazariy bilimlari;

— Kompyuter texnologiyalari hamda chet tili, xususan, ingliz tili bo‘yicha bilim darajasi.

Hakamlar akademiyasi yosh va iqtidorli hakamlarning kelajakda yuqori saviyadagi xalqaro o‘yinlarni boshqarish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu tashabbus mamlakatimiz futbol hakamligi tizimini yanada rivojlantirish va jahon standartlariga moslashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 15:16, 27.03.2025.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик