Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Manchester Siti» Husanov hamda milliy jamoamiz o‘yinlarini baholadi

«Manchester Siti» Husanov hamda milliy jamoamiz o‘yinlarini baholadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Manchester Siti» FIFA kunlari davomida milliy jamoalari safida jonbozlik ko‘rsatgan ayrim futbolchilarini e’tirof etdi. Klub matbuot xizmatida xalqaro maydonda o‘yin o‘tkazgan «shaharlik» charm to‘p ustalari haqida maqola e’lon qilindi. Unda hamyurtimiz Abduqodir Husanov hamda O‘zbekiston milliy jamoasi haqida ham iliq fikrlar bildirilgan.

«Norvegiyaning saralash bosqichidagi ishtiroki endigina boshlanmoqda, ammo ular Vengriyada Isroil ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Xoland urgan gol norveglarning g‘alabasini yanada mustahkamladi. Erlingning ishonchli o‘yini muvaffaqiyatga katta hissa qo‘shdi. Ushbu g‘alaba orqali norveglar o‘z guruhlarida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Husanov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi Eron maydonida 2:2 hisobidagi jangovar durang natijaga erishdi. Ushbu o‘yindagi g‘alaba o‘zbeklarni ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqishi mumkin edi, ammo ularda imkoniyat hali ham ancha yuqori.

O‘zbekiston ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi. Hojimat Erkinov va Abbosbek Fayzullayevning gollari raqibni sarosimaga soldi. Husanov Tehronda to‘liq o‘yin o‘tkazdi va himoyada ishonchli harakat qildi.

O‘zbekistonning navbatdagi ikki uchrashuvi iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Birlashgan Arab Amirliklari bilan bahsdagi durang ularga yo‘llanmani taqdim etishi kutilmoqda.

Marmush boshchiligidagi Misr milliy jamoasi Qohirada Serra-Leoneni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatiga chiqish uchun katta qadam tashladi. Ular ayni paytda birinchi o‘ringa mahkam o‘rnashgan, ikkinchi pog‘onadagi jamoa bilan oradagi farq besh ochkoni tashkil qiladi...» – deyiladi maqolada.

Kiritildi: 09:07, 28.03.2025.
O'qildi: 2354 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик