"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo "Osasuna"ga qarshi La Liga o‘yinida (3:0) jarohat oldi.
26 yoshli ispaniyalikning mushaklarida muammo paydo bo‘ldi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Olmo ushbu jarohat sabab 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi.
Futbolchi bugun to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi.