Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Superliga. Vodiy derbisida “Navbahor” va “Andijon” jangovar durang o‘ynadi

Superliga. Vodiy derbisida “Navbahor” va “Andijon” jangovar durang o‘ynadi

Baho:
+ | -1

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahslar 28 mart, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda Namanganning “Navbahor” klubi o‘z uyida “Andijon”ni qabul qildi. Uchrashuv tezkor gollar bilan boshlandi.

2-daqiqadayoq Zabihillo O‘rinboyevning urgan goliga oradan 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas andijonliklar javob qaytardi. “Navbahor” futbolchisi Gilyerme Gedesh o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.

Shundan so‘ng qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa ham birinchi bo‘limda bosh hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalida yana maydon egalari yaxshi harakat qildi va Abbos G‘ulomov 52-daqiqada gol urdi.

74-daqiqaga kelib “Andijon” a’zosi Mirzad Mehanovich qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. 90+5-daqiqaga kelib esa jamoalar a’zolari tenglashdi – Saidazamat Mirsaidov qizil kartochka oldi.

Jamoa a’zolari tenglashganidan unumli foydalangan andijonliklar hisobni ham tenglashtirdi. Bu safar ham avtogol – Benjamin Teidi hisobiga yozildi.

Ushbu durang bilan namanliklar 5 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Andijonliklar esa 3 ochko bilan 8-o‘rindan joy oldi.

Superliga

3-tur

28 mart, juma

“Navbahor” — “Andijon” 2:2

Gollar: 0:1 — 2, Zabihillo O‘rinboyev, 1:1 — 6, Gilyerme Gedesh (avtogol), 2:1 – 52, Abbos G‘ulomov, 2:2 – 90+8, Benjamin Teidi (avtogol).

“Navbahor”: 1.Umidjon Ergashev, 7.Azimjon Ahmedov (15.Javohir Abdujabborov, 62), 8.SHohmalik Komilov (4.SHahzod Toirov, 75), 9.Zabihillo O‘rinboyev (29.Pedro Augusto, 75), 10.SHahzodbek Ubaydullayev (37.Alisher Odilov, 62), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbos G‘ulomov (17.Ruslan Jiyanov, 80), 99.Igor Gabriel.

“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Abdulvohid G‘ulomov, 8.Iskandar Shoyqulov (6.Altin Kreziu, 68), 9.Mirzad Mehanovich, 11.Islam Mashukov, 14.Abdurahmon Komilov (23.Doniyor Abdumannopov, 68), 22.Usmonali Ismonaliyev, 26.Muhammadkarim Toirov, 32.Luka Uskokovich, 71.Bektemir Abdumannonov.

Chetlatish: Saidazamat Mirsaidov 90+6 (N) – Mirzad Mehanovich (72, “A”).

Kiritildi: 23:02, 28.03.2025.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик