Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Manchester Yunayted", "Arsenal", "Liverpul" va "Yuventus" forvard uchun raqobatlashadi

"Manchester Yunayted", "Arsenal", "Liverpul" va "Yuventus" forvard uchun raqobatlashadi

Baho:
+ | -

Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchi Ugo Ekitikeni o‘z safida saqlab qolishi qiyin bo‘ladi.

Nemis klubi fransiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirayotganini biladi, deya xabar bermoqda insayder Florian Plettenberg. 22 yoshli futbolchiga "Arsenal", "Liverpul" va "Yuventus" ham qiziqish bildirgan. "Kanonirlar" uchun asosiy nishon "Nyukasl"dan Aleksandr Isak bo‘lib qolmoqda.

"Ayntraxt" rahbariyati Ugo Ekitikening yozda ketishini deyarli muqarrar deb hisoblamoqda. Frankfurtliklar hujumchini sotishdan 80 mln yevro ishlab olishni mo‘ljallamoqda.

"PSJ"ning sobiq futbolchisi joriy mavsumda 38 ta o‘yinda 19 ta gol va sakkizta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 05:53, 29.03.2025.
O'qildi: 1711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик