Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maskerano Messining goliga munosabat bildirdi

Maskerano Messining goliga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xavyer Maskerano MLS doirasidagi "Filadelfiya Yunion"ga (2:1) qarshi o‘yindan keyin Lionel Messi haqidagi savolga javob qaytardi.

Jarohat tufayli 37 yoshli forvard 55-daqiqada maydonga tushdi. Bu uning g‘alaba to‘pi muallifi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi - u zaxiradan maydonga tushganidan ikki daqiqa o‘tib gol urdi.

"Ha, biz Messining 30-35 daqiqa o‘ynashini xohlagandik. U o‘zini juda yaxshi his qilardi, lekin biz uni asosiy tarkibga kiritib, tavakkal qilmoqchi emasdik. Hammasi ajoyib yakunlandi, biz juda xursandmiz," - dedi Maskerano matbuot anjumanida.

Kiritildi: 08:10, 30.03.2025.
O'qildi: 539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик