Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. "Napoli" "Milan"ni mag‘lubiyatga uchratdi

A Seriya. "Napoli" "Milan"ni mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 30-turida "Napoli" o‘z maydonida "Milan"ni mag‘lub etdi - 2:1.

O‘yinning 2-daqiqasida Matteo Politano hisobni ochdi. Oradan 17 daqiqa o‘tib, mezbonlarning ikkinchi goliga Romelu Lukaku mualliflik qildi.

69-daqiqada mehmonlar forvardi Santyago Ximenes penaltidan unumli foydalana olmadi. "Milan" o‘yin oxirida farqni bittaga qisqartira oldi - 84-daqiqada Luka Yovich gol urdi.

"Napoli" (64) A Seriyada 2-o‘rinda bormoqda. Antonio Konte jamoasi peshqadam "Inter"dan 3 ochko ortda qolmoqda.

"Milan" (47) turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 07:28, 31.03.2025.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик