Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Sergey Karpovich: “Namangan shahri va jamoaga tezda moslashib ketdim”

Sergey Karpovich: “Namangan shahri va jamoaga tezda moslashib ketdim”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy mavsumda "Navbahor" tarkibiga bir qator xorijlik futbolchilar qo‘shilishdi. Ular orasida belaruslik himoyachi Sergey Karpovich ham bor. Kuni kecha 31 yoshni qarshi olgan tajribali futbolchi matbuot xizmati uchun intervyu berdi.              

—  “Navbahor”ga moslashish jarayoni qanday kechmoqda?
—  Bu borada hech qanday muammo yo‘q, barchasi yaxshi. Namangan shahri va jamoaga tezda moslashib ketdim. Shuningdek, oila a’zolarim, ya’ni, turmush o‘rtog‘im hamda qizim ham Namanganga tashrif buyurishdi. Shu bois, moslashish borasida faqat ijobiy fikrlarni bildirishim mumkin.

—  Jamoaga moslashishda vatandoshingiz bo‘lgan murabbiylar ham yordam berishayotgan bo‘lsa kerak?
— Hamyurtlarim nafaqat menga, balki, barcha jamoadoshlarimga yordam berishmoqda. Murabbiylar shtabi va futbolchilarning maqsadimiz yagona – zafar quchish. Ushbu niyat yo‘lida birlashganmiz.

— Jamoadoshlaringiz haqida nima deya olasiz?
— Barchalari bilan yaxshi munosabatdaman. Barchamiz bir maqsad yo‘lida birlashganmiz. Menimcha, hammasi yaxshi bo‘ladi.

— Jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushan borasida nima deya olasiz? Uning mashg‘ulotlar jarayoni yoqyaptimi?
— Sergey Ivanovich yuqori saviyali, yaxshi mutaxassis. U haqda faqat ijobiy fikrlarni bildirishim mumkin.

— Jamoamiz tarkibiga qo‘shilguningizcha, yurtimiz futboli va “Navbahor” haqida ma’lumotga egamidingiz?
— Ha, men O‘zbekiston chempionati o‘yinlarini kuzatardim. O‘tgan mavsumda “Nasaf” chempion bo‘ldi, “Navbahor” esa O‘zbekiston kubogi finalida “Andijon” bilan o‘ynadi, o‘sha bellashuvni tomosha qilgandim, “Navbahor” o‘yin yakunida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborib, alamli tarzda mag‘lubiyatga uchragandi. Shu bois, andijonliklarga qarshi kechadigan bu safargi bahs juda qiziqarli kechadi, degan umiddaman. “Navbahor” mavsum yakunida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jamoani rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshqarganida ham “Navbahor”ning o‘yinlari natijalarini kuzatardim.

— O‘zbekiston Superligasining saviyasi borasida nima deya olasiz?
— Endigina 2 ta tur o‘yinlari ortda qoldi. Shu bois, hozircha biror narsa deyish qiyin. Lekin chempionat bahslari yaxshi kechmoqda. Superligada tezkor, yuqori texnikaga ega futbolchilar o‘ynashmoqda. Ortda qolgan uchrashuvlardan so‘ng, chempionat juda yaxshi, desa bo‘ladi. Saviya ham yaxshi.

— Belarus va O‘zbekiston chempionatlarini solishtira olasizmi?
— Ayrim jihatlari o‘xshab ketadi.Lekin hozircha aniq gap ayta olmayman.

— O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinlarini ham kuzatyapsizmi?
— Ha, terma jamoangizning Qirg‘iz Respublikasi va Eron termalariga qarshi kechgan uchrashuvlarini tomosha qildim. Hamyurtlaringiz qirg‘izistonliklarni mag‘lubiyatga uchratib, eronliklar bilan durangga imzo chekishdi. O‘zbekiston terma jamoasida JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Bu borada hamyurtlaringizga omad yor bo‘lishini tilayman.  

— “Navbahor” muxlislariga tilaklaringiz...
— Ishqibozlar jamoamizni doimo munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab turishadi. Bugungi o‘yinda ham stadionga tashrif buyurib, munosib muxlislik qilishlarini tilayman. Biz esa g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Bizning ma’lumot

Sergey Karpovich – 1994 yil, 29 martda Belarus poytaxti Minsk shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 7 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiyi: Vitaliy Yuryevich Lujinskiy.
Professional futboldagi birinchi ustozi: Sergey Aleksandrovich Plaksenok.
Professional futboldagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan.
Faoliyati davomida Belarusning “Dinamo” (Minsk), “Beryoza-2010” (Beryoza), “Naftan” (Novopolosk),  “Minsk” (Minsk),  “Gorodeya” (Gorodeya), “Torpedo-BelAZ” (Jodino), “Isloch” (Minsk), “Neman” (Grodno), Qozog‘istonning “Qaysar” (Qizilo‘rda), Rossiyaning “Baltika” (Kaliningrad) klublari, shuningdek, Belarusning turli terma jamoalarida o‘ynagan.2020 yildan buyon Belarus terma jamoasiga nomzod futbolchi.
2025 yildan “Navbahor”da.
Oilali, bir nafar qizi bor.
Muxlislik qiladigan jamoasi: “Real” (Madrid).                                 
Kumiri: Serxio Ramos.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 21:42, 31.03.2025.
O'qildi: 744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.