Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anchelotti "Real"dan ketish haqida o‘ylamoqda

Anchelotti "Real"dan ketish haqida o‘ylamoqda

Baho:
+-2 | -1

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etish haqida o‘ylamoqda. Mutaxassisning shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi, biroq hamkorlik ertaroq yakunlanishi mumkin.

Jurnalist Mario Kortejananing xabar berishicha, italiyalik murabbiy "Real Madrid"dagi kelajagiga ishonchi komil emas. Gap shundaki, "qirollik" klubida to‘rt yil davomida qattiq charchagan. Qolaversa, murabbiy "Los-Blankos" rahbariyati va Xabi Alonso o‘rtasidagi aloqalar haqida ko‘p eshitgan.

Yana bir sabab, Karloning o‘g‘li va yordamchisi Davide Anchelotti joriy mavsum yakunida ketish niyatida. Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri sanaladi.

Kiritildi: 07:25, 01.04.2025.
O'qildi: 3031 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик