Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Tottenxem” qishda Risharlisonni sotmadi

“Tottenxem” qishda Risharlisonni sotmadi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" qishki transfer oynasida Risharlison bo‘yicha taklifni rad etdi. "Flamengo" o‘z jamoasida futbolchini ko‘rmoqchi edi.

Mail Sport xabariga ko‘ra, braziliyalik klub 16 million funt sterling (19 million yevro) to‘lashga tayyor bo‘lib, ijara varianti ham ko‘rib chiqilmoqda edi. "Shporlar" rad javobini berib, ikki baravar ko‘p pul so‘rashdi.

27 yoshli forvardning o‘zi ham vataniga qaytishni istamadi, chunki u bu holatda kelajakda yana Yevropada o‘ynash qiyin bo‘lishiga ishongan.

Risharlison joriy mavsum 14 ta o‘yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 08:09, 01.04.2025.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик