Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Messining qo‘riqchisi MLS o‘yinlariga kirishdan cheklandi

Messining qo‘riqchisi MLS o‘yinlariga kirishdan cheklandi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

KONKAKAF tomonidan o‘tkaziladigan o‘yinlarda ortiqcha harakatlar qilgan Messining qo‘riqchisi MLS rahbariyati tomonidan o‘yinlarga kirishdan chetlatildi.

Gap Lionel Messining tansoqchisi Yasin Cheko haqida ketmoqda.

Cheko ko‘pincha o‘z lavozimini suiiste’mol qilgan va raqib jamoalar vakillari bilan janjallashib qolgan.

Shu sababli, bundan buyon unga maydon yaqinidagi joylarda turish taqiqlanadi. Bundan tashqari, uning stadionlarga kirishini butunlay taqiqlash imkoniyati ham muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messining tansoqchisi Iroq va Afg‘onistondagi missiyalarda qatnashgan, qo‘l jangining ko‘plab texnika va usullarini o‘zlashtirgan, o‘z mashg‘ulotlari videolarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan, ta’sirchan kuch va epchillikni namoyish etgan sobiq maxsus kuchlar askari hisoblanadi.

Kiritildi: 19:48, 01.04.2025.
O'qildi: 2008 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик