Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arteta: "Tasavvur qilyapsizmi, bir haftada 4 ta himoyachimiz jarohat oldi"

Arteta: "Tasavvur qilyapsizmi, bir haftada 4 ta himoyachimiz jarohat oldi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 30-turida "Fulxem" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:1) jamoa himoyachilari Gabriel Magalyaes i Yurriyen Timber jarohatlari haqida fikr bildirdi.

"Ular bu jamoaning ikki futbolchisi, ular hech qachon maydonni tark etishni istamaydilar. Gabriel tizzasida nimadir sezdi, jarohati qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. Yurriyenga kelsak, u ham o‘yin boshida o‘zini noqulay his qila boshladi. U o‘ynashni davom ettira oldi, ammo oxir-oqibat maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu holatning salbiy tomoni. Uning tizzasida muammo bor.

Bugun Martinelliga qarab, u uch oyni o‘tkazib yubordi, deyish mumkin. Bukayoga qarab - to‘rt oy. Jesuz - deyarli butun mavsum davomida o‘ynamadi. Bu jarohatlar bilan hozirgi holatimizga qanday etib keldik? Ben Uayt bu mavsumda umuman ishtirok etmadi.

Tasavvur qilyapsizmi? Biz bir hafta ichida to‘rtta himoyachini yo‘qotdik - Kalafyori, Ben Uayt, Yurriyen va Gabriel Magalyaes. Bizda yana to‘rttasi bor, ular ishni bajarish uchun yetarlicha motivasiyaga ega" - dedi Arteta.

Kiritildi: 13:47, 02.04.2025.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик