Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Napoli" "Udineze" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

"Napoli" "Udineze" himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

"Udineze" markaziy himoyachisi Umar Sole Italiya va Angliya klublari e’tiboriga tushgan bo‘lsa-da, aynan "Napoli" fransuz uchun raqobatda raqiblaridan o‘zib ketishni maqsad qilgan ko‘rinadi.

Sole yanvar oyida "Udineze"ga tekinga o‘tdi, chunki uning "Red Bull Zalsburg" bilan shartnomasi 2024 yilgi yozgi transfer oynasi yopilgandan so‘ng bekor qilingan edi. O‘shandan beri u barqaror o‘yin ko‘rsatib kelmoqda, bu esa top-klublarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Sky Italia jurnalisti Luka Marketti xabariga ko‘ra, "Napoli" Solening transferi ustida faol ishlamoqda va "Udineze" bilan imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

"Udineze" 24 yoshli himoyachini taxminan 20 million yevroga baholashi kutilmoqda. Solega "Napoli"dan tashqari "Vest Xem" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi joriy mavsum "Udineze" safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 16:04, 02.04.2025.
O'qildi: 612 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик