Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 0-3 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 4-1 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 0-0 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Asror Aliqulov: «Bugun avvalgi o‘yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik»

Asror Aliqulov: «Bugun avvalgi o‘yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik»

Baho:
+ | -

Superliganing qoldirilgan 1-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — "Mash’al" (5:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Birinchi navbatda "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Qoldirilgan o‘yin bo‘lsa ham bu aslida mavsum starti edi. Muxlislardan bugungi natija uchun uzr so‘raymiz. Kamchiliklarimiz ko‘rinib qoldi. Ko‘p jihatlar bo‘yicha "Paxtakor"ga yutqazdik.

— Ba’zi jamoalar "Paxtakor"dan hayiqib maydonga tushishadi. Bugun ruhiy ustunlik mezbonlarga ustunlik berdimi?

— To‘g‘ri aytayapsiz, bu ruhiyat bilan bog‘liq. Birinchi o‘yinimizda ham hayajon sezilgandi. Bugun avvalgi o‘yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik. Ayrim futbolchilarga tajriba yetishmadi.

— Salifuni erta almashtirilishiga sabab nima? U qanchalik mavsumga tayyor?

— Salifuda jismoniy tomonlama muammolar bor. Bugun mezbonlarning tezkor futbolchilarini yopishda ulgurmay qoldi. Shuningdek, unda jarohat ham bor edi.

— Keyingi o‘yin jamoaning ruhiy bosimdan olib chiqib ketish uchun qandvy ishlarni amalga oshirmoqchisiz?

— Ko‘rib chiqib, xulosalar qilamiz. Keyingi o‘yin "Andijon" bilan, ularga to‘liq qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bugun ko‘p futbolchilarimizda o‘yinga ruhan tayyor emasligi ko‘rinib qoldi.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 10:05, 03.04.2025.
O'qildi: 471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.