Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

"Lokomotiv" ustozi: "Biz faqatgina qog‘ozda favoritmiz"

"Lokomotiv" ustozi: "Biz faqatgina qog‘ozda favoritmiz"

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiyning "Olimpik" bilan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Qiyin g‘alaba. Bu mavsumdagi birinchi o‘yin edi. Bunday bosimga boy paytlarda biz intellektual o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi. Ikki xil taymni ko‘rdik. Ularda biz juda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘yindagi muammolarni, xatolarni ko‘rib chiqamiz. Uchrashuvdan oldin raqiblar har bir to‘p uchun, maydonning har bir qarichi uchun kurashishini kutgandik. Mavsum startidan oldin bo‘lgan matbuot anjumanida aytganimdek, biz bu turnirda faqatgina qog‘ozda favoritmiz. Har bir jamoa g‘alaba qozonishga, bizni yutishga maydonga tushadi. Shu sababli o‘yin biz uchun og‘ir o‘tdi. Ha, g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Biroq o‘yin sifatidan umuman qoniqmadim. Ishlashda davom etamiz va xatolarni ko‘rib chiqamiz. 12 aprel kuni bizda Farg‘ona safari kutib turibdi. O‘yin katta stadionda bo‘ladi va shu sababli bunga jiddiy qarash kerak.

- Keyingi o‘yinlar ham shu kabi qiyin o‘tishini kutyapsizmi?

- Hozirgi paytda istalgan jamoa alohida o‘yinlarda raqiblariga kurash taklif qila oladi. Shu sababli navbatdagi uchrashuvlarda ham qiyinchiliklar bo‘lishini kutyapman. Chunki bu yerda o‘tkinchi o‘yinlar yo‘q. Jamoalar o‘z maydonida bo‘ladigan bahslarda ochko uchun qattiq kurashadi. Farg‘ona safariga jiddiy tayyorlanish kerak. Farg‘ona jamoasi, o‘yinda muxlislar ko‘p bo‘lsa kerak. Lekin ungacha bizda kubok o‘yini kutib turibdi. Avvalo bu bahs haqida o‘ylaymiz. Farg‘onadagi o‘yinga juda jiddiy tarzda tayyorlanamiz. Bugungi o‘yindagi xatolar, ayniqsa, gollarga olib kelgan standartlardan keyingi xatolar qay tariqa yuzaga kelganini ko‘rib chiqamiz.

- Kubokdagi vazifa qanday?

- Rahbariyat tomonidan vazifa qo‘yilgan: har bir o‘yinda 3 ochko uchun o‘ynaymiz. Yosh futbolchilar bilan o‘yin bo‘lsa ham g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Oldimizdagi o‘yinga boshqacharoq kayfiyatda boramiz.

- Bugun "Olimpik" tarkibida ikkita gol urgan Javohir Mubarakov "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning bugungi o‘yini haqida qanday fikrdasiz?

- Ha, golni "Lokomotiv" tarbiyalanuvchisi urdi. Lekin hozir u bizning jamoada emas. Shu sababli ularni baholash noo‘rin. Chunki raqib jamoa bosh murabbiyi bu holatga baho berishi kerak. Lekin nega biz gollar o‘tkazib yubordik? Nega o‘sha vaziyatlarda himoyachilar o‘ynamadi? Nega himoyachilar o‘sha vaziyatda raqibni nazoratsiz qoldirdi? Muammolar shunday" - dedi Kolosovskiy.

Kiritildi: 21:19, 03.04.2025.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик