Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ikardi Mourinyoning ustidan kuldi

Ikardi Mourinyoning ustidan kuldi

Baho:
+1 | -

Mauro Ikardi Turkiya kubogi bahsidan keyin Joze Mourinyo va "Fenerbaxche"ni masxara qildi.

"Fenerbaxche" chorak finalda o‘z maydonida "Galatasaroy"ga imkoniyatni boy berib (1:2) musobaqadan chiqib ketdi.

Final hushtagi yangraganidan keyin Mourinyo "Galatasaroy" ustozi Okan Burukning burnidan ushlaganida, turkiyalik murabbiy yuzini changallab maydonga yiqildi.

"Ular nafaqat qo‘l to‘pi, balki boks bilan ham shug‘ullanishadi" - deb yozdi "Galatasaroy" hujumchisi o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqda.

Argentinalik futbolchi Burukni "yagona va takrorlanmas" deb ham atagan. Bu Mourinyo o‘ziga qo‘ygan "benazir" taxallusiga ishora ekanligiga ishoniladi.

Kiritildi: 22:10, 03.04.2025.
O'qildi: 1266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик