Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Mirko Yelichich: "Futbolchilar kuchli xohishni yo‘qotib qo‘ymasliklari kerak"

Mirko Yelichich: "Futbolchilar kuchli xohishni yo‘qotib qo‘ymasliklari kerak"

Baho:
+ | -

Proliganing 1-turi doirasida "Olimpik" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng (2:3) jamoamiz ustozi Mirko Yelichich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin haqida yaxshisi kamroq gapirganim ma’qul. Buni boshqalar muhokama qilib olishlari mumkin. Futbol rivoji yo‘lida ko‘p o‘zgarishlar bo‘lmayapti. Bu yomon. Bu o‘zgaradimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Shunday bo‘lib qolayotganiga o‘zbek futboli uchun afsusdaman. Nima haqida gapirayotganimni tushundingiz deb o‘ylayman.

- 2:0 hisobida oldinda bora turib, 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydingiz. Bu tajriba bilan bog‘liqmi?

- Biz jamoa sifatida yig‘ilganimizdan so‘ng biz ilk bor tabiiy maydonda o‘ynadik. Bu albatta biroz boshqacha bo‘ldi. Yigitlarda oyoq og‘riy boshladi. Sen ikki oy shug‘ullanasan va bir marotaba ham tabiiy maydonda futbol o‘ynay olmaysan. Ruxsat berishmayapti. Xattoki rasmiy o‘yin oldidan ham. Bu uyatli. Bu bizga halal berdi.

"Lokomotiv"dek jamoaga tajriba yordam beradi. Shuningdek, 190 santimetrli odamning ham yordami katta bo‘ladi. Biz xech qachon bunday futbol o‘ynamoqchi emasmiz.

Men avval bunaqalarni Angliya futbolida ko‘rardim. Bunday paytlar o‘tib ketgan deb o‘ylardim. Vaholanki, unday emas ekan.

- O‘yin oldidan futbolchilar maydon chimini yaxshi o‘rishmagan deb aytishdi. Siz bunga e’tibor berdingizmi?

- Bu borada ko‘p gapirish mumkin. Yaxshisi kamroq gapirganim ma’qul. Bu haqida o‘ylashi lozim bo‘lgan odamlar bo‘lsa kerak. Bu mening qarorim emas. Bunday holatlar qachon to‘g‘irlanadi, bilmayman. Men deyarli 20 yildan beri bu yerda ishlayman.

- Bugun "Olimpik" safida "Lokomotiv"ning uch nafar futbolchisi o‘ynadi. Ular haqida qanday fikrdasiz?

- Yaxshi. Ularga o‘z darajalarini namoyish etishlariga imkoniyat beryapmiz. Biz bor-yo‘g‘i ikki oy birga ishlayapmiz. Futbolchilar yosh. Ular tajriba to‘plashadi. Ular kuchli xohishni yo‘qotib qo‘ymasliklari kerak.

Kiritildi: 22:12, 03.04.2025.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик