Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko - Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

Luis Enrike "Barselona" yulduzini "PSJ"ga o‘tkazishni maqsad qilgan

Luis Enrike "Barselona" yulduzini "PSJ"ga o‘tkazishni maqsad qilgan

Baho:
+ | -

"PSJ" kelasi mavsum uchun o‘z tarkibini rejalashtirishni boshladi va "Barselona" yarim himoyachisi Gavi asosiy maqsadlar qatoriga kiradi. Futbolchi bilan Ispaniya terma jamoasida birga bo‘lgan vaqtlaridan beri yaxshi munosabatda bo‘lgan Luis Enrike Parij klubi rahbariyatidan uni qo‘lga kiritish uchun harakat qilishlarini so‘ragan.

"Barselona" bitiruvchisining ahvoli so‘nggi oylarda keskin o‘zgardi. Flik kelganidan so‘ng uning roli sezilarli darajada pasayib ketdi va u hatto muhim o‘yinlarda zaxira o‘rindig‘iga o‘tirdi.

Bunday vaziyatlarni inobatga olgan holda, "PSJ" yarim himoyachini qo‘lga kiritishga harakat qilishi mumkin. Luis Enrike Gavi o‘z sxemasiga to‘liq mos kelishiga ishonmoqda. Biroq, bu kelishuv oson bo‘lmaydi. Kataloniya klubi hamon futbolchini kelajak uchun asosiy futbolchi deb biladi. Hammasi futbolchining o‘z xohishiga bog‘liq bo‘ladi.

Joriy mavsum 20 yoshli Gavi “Barsa” safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 14:36, 04.04.2025.
O'qildi: 2845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.