Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Superliga. “Surxon” o‘z uyida ikki kishi kam bo‘lib qolgan “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

Superliga. “Surxon” o‘z uyida ikki kishi kam bo‘lib qolgan “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv 4 aprel, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasiga kelib Muhammadali Abdurahmonov hisobni ochdi. Shundan so‘ng qo‘qonliklar ko‘plab hujumlar uyushtira boshladi. Ammo birinchi bo‘limda boshqa hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida esa “Qo‘qon-1912” bir kishi kam bo‘lib qoldi. Husniddin G‘ofurov qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 74-daqiqada esa qo‘qonliklar jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi. Muhammadanas Hasanovning goli oradagi muvozanatni tikladi.

Biroq oradan 6 daqiqa o‘tar-o‘tmas aynan Hasanov qizil kartochka oldi va maydondan chetlatildi. 90+3 daqiqaga kelib esa Diyor Ramazonov gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 90+7-daqiqada esa Asadbek Karimov hisobni ikkitaga oshirdi.

Ushbu g‘alaba “Surxon” uchun mavsumdagi birinchisi bo‘ldi.

Superliga. 4-tur
"SURXON" - "QO‘QON-1912" - 3:1 (1:0)
Gollar: Muhammadali Abdurahmonov, 37 (1:0), Diyor Ramazonov (90+3), Asadbek Karimov (90+8) — Muhammadanas Hasanov (74)
Chetlatishlar: Husniddin G‘ofurov (52), Muhammadanas Hasanov (80) — ikkisi "Qo‘qon-1912"

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:26, 04.04.2025.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.