Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

"Barselona" Messiga hurmat bajo keltirishga tayyorligini ma’lum qildi

"Barselona" Messiga hurmat bajo keltirishga tayyorligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti maslahatchisi Enrik Massipning aytishicha, klub jamoaning sobiq sardori Lionel Messiga munosib hurmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

"Hech qanday shubha yo‘qki, Messi o‘zi munosib bo‘lgan hurmatni oladi - agar u buni xohlasa. Messi ketganida Laporta klub uchun eng yaxshi bo‘lgan ishni qildi.

Bu uni qattiq ranjitdi, chunki ularning munosabatlari mustahkam edi, ammo bu qilish kerak bo‘lgan og‘ir tanlov edi," - dedi Masip.

Avvalroq OAVda Messi qisqa muddatga Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hujumchining bo‘lajak jahon chempionatiga optimal formada kelish uchun Yevropada o‘ynash istagi borligi aytildi.

Kiritildi: 13:48, 05.04.2025.
O'qildi: 2302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик