Virjil van Deyk "Liverpul" bilan shartnoma bo‘yicha muzokaralarda oldinga siljish borligini ma’lum qildi.
Mersisaydliklar himoyachisi va sardorining amaldagi kelishuvi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
"Ha, [muzokaralarda] oldinga siljish bor.
Qolish-qolmasligimni bilmayman, ko‘ramiz. Bu ichki muhokamalar. Ko‘ramiz.
Men klubni yaxshi ko‘raman, muxlislarni yaxshi ko‘raman," - dedi 2018 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilayotgan van Deyk.













