"Qizil-ko‘klar" rasmiy sayti klub 33 yoshli Lukash Skorupski bilan shartnomani yana bir mavsumga, ya’ni 2026 yilning iyun oyi oxirigacha uzaytirish variantidan foydalangani haqida xabar berdi.
Skorupski "Bolonya"ga 2018 yilning yozida "Roma"dan 9 million yevro evaziga o‘tgan edi. Bu vaqt ichida u klub safida 247 ta o‘yin o‘tkazdi. Tajribali polyak ketma-ket yetti mavsumdan beri jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lib kelmoqda.
Joriy mavsumda Lukash Skorupski "Bolonya" safida 32 o‘yinda 11 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













