Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSH dollari bo‘lgan musobaqada yetakchi bo‘lib oldi

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSH dollari bo‘lgan musobaqada yetakchi bo‘lib oldi

Baho:
+ | -

Fransiyaning Parij shahrida shaxmat bo‘yicha  Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 turniri start oldi. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi 750 ming AQSH dollari bo‘lgan musobaqaning ilk kunida o‘zbekistonlik shaxmatchi munosib ishtirok etdi.

Turnirda 8 davlatdan 12 nafar dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashmoqda. Chess 960 yo‘nalishidagi xalqaro musobaqada Abdusattorov dastlabki 6 turni muvaffaqiyatli o‘tkazib, umumiy turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Nodirbek Abdusattorov ilk turda Germaniyada o‘tgan Grand Slam Tour chempioni, germaniyalik Vensan Keymar ustidan g‘alaba qozondi. 2-turda xuddi o‘sha musobaqaning vise-chempioni Fabiano Karuanani ham taslim etdi.

3-turda vengriyalik Richard Rapport ham o‘zbekistonlik shaxmatchiga imkoniyatni boy berdi. Keyin Nodirbek rossiyalik Ian Nepomniachtchi bilan durang o‘ynadi va bir muddat 0,5 ochko farq bilan turnir jadvalida yakka peshqadamga ham aylanib oldi. Biroq 5-turda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan ham murosa yo‘lini tanladi hamda yetakchilikni boy berdi.

U kunning so‘nggi bahsida hindistonlik Vidit Gujrathini mag‘lub etib, 5 ochko to‘plagan holda dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen bilan turnir jadvalida boshqarib turibdi.

Musobaqaning 2-kungi bahslari bugun, 8-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen, Hikaru Nakamura, Gukesh Dommaraju, Rameshbabu Pragnanandha, Arjun Erigaisi kabi shaxmatchilar bilan kuch sinashadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:46, 08.04.2025.
O'qildi: 856 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.