Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yevropa ligasi. "Manchester Yunayted" "Lion" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)

Yevropa ligasi. "Manchester Yunayted" "Lion" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi (video)

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi chorak finalining dastlabki bahsida "Lion" mehmoni bo‘ldi - 2:2.

Uchrashuvning 26-daqiqasida mezbonlar forvardi Tiago Almada hisobni ochdi. Mehmonlar birinchi bo‘lim oxirida hisobni tenglashtirdi - 45+5-daqiqada himoyachi Leni Yoro gol urdi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida mankunianliklar forvardi Joshua Zirkzee havbek Bruno Fernandeshning uzatmasidan so‘ng mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Lion" yarim himoyachisi Rayan Sherki darvozabon Andre Onanning xatosidan so‘ng "MYU" darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi.

Manchesterdagi javob o‘yini 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 07:20, 11.04.2025.
O'qildi: 1349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик