"Nyukasl Yunayted" "Vulverxempton" hujumchisi Mateus Kunyani sotib olmoqchi.
Futbolchi hujum markazida ham, qanotlarda ham o‘ynashga qodir, bu esa "magpilar" tarkibiga o‘zgaruvchanlikni qo‘shishi mumkin.
Futbolchining tovon puli 62,5 million funtni tashkil qiladi. "Nyukasl" Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, bu transfer ustuvor bo‘ladi.













