Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Superliga. "Dinamo" – "So‘g‘diyona": Samarqandda durang qayd etildi

Superliga. "Dinamo" – "So‘g‘diyona": Samarqandda durang qayd etildi

Baho:
+ | -

Samarqanddagi 5-tur doirasidagi markaziy uchrashuvdan “Dinamo” va “So‘g‘diyona” jamoalari bir ochkodan olishdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida "Dinamo" ustunlikni qo‘lga oldi. 16-daqiqada Anvarjon qanotdan kirib borib to‘pni Mirahmadovga yetkazdi, biroq uning zarbasini mehmonlar darvozaboni qaytardi. Marko Stanoyevich bir necha bor olis masofadan xavfli zarbalar yo‘lladi, birida burchakdan darvozani nishonga oldi.

Nihoyat, 25-daqiqada “Dinamo” o‘z ustunligini golga aylantirdi. Jurani Ferreyra chiroyli zarba bilan hisobni ochdi. Bu goldan so‘ng stadiondagi muhit yanada jo‘shdi.

Shu bilan birga, 28-daqiqada hakam VAR orqali penalti holatini ko‘rib chiqdi. VAR to‘p Jahongir O‘rozovning qo‘liga tekkan yoki yo‘qligini tekshirdi, ammo penalti belgilanmadi.

Shunga qaramay, “So‘g‘diyona” birinchi bo‘limning o‘zida javob qaytardi. 39-daqiqada Javohir Qahramonov hisobni tenglashtirdi va “Dinamo” joriy mavsumda ilk marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa g‘alaba uchun harakat qildi. 58-daqiqada Ravshan Yagudin ajoyib seyv amalga oshirdi. “Dinamo” sardori Stanoyevich hamda zaxiradan tushgan futbolchilar — Fraydey, Maykon, Qodirqulov va Xalilov jaoma o‘yinini kuchaytirdi. Ammo gollar qayd etilmadi.

64-daqiqada mehmonlar gol urdi, ammo ofsayd sababli inobatga olinmadi. Uchrashuv so‘ngida ham harorat yuqori bo‘ldi, ammo hisob o‘zgarmadi.

"Dinamo" jamoasi 5-turdan so‘ng 9 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda boryapti. "So‘g‘diyona" esa 4 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.

Superliga, 5-tur
"Dinamo" – "So‘g‘diyona" 1:1
12 aprel, 2025 yil  
“Dinamo” stadioni, Samarqand  
Gollar: 25’ — Jurani Ferreyra (1:0), 39’ — Javohir Qahramonov (1:1)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:47, 12.04.2025.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.