Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

APL. "Tottenxem" "Vulverxempton"ga yutqazdi

APL. "Tottenxem" "Vulverxempton"ga yutqazdi

Baho:
+ | -

"Vulverxempton" va "Tottenxem" jamoalari to‘qnash kelgan Angliya chempionatining 32-tur uchrashuvi yakunlandi. O‘yin Vulverxemptondagi "Molineux" stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni manchesterlik Entoni Teylor boshqardi. Unda maydon egalari 4:2 hisobida zafar quchdi.

Ikkinchi daqiqada “bo‘rilar” himoyachisi Rayan Ait-Nuri hisobni ochdi. 38-daqiqada “Tottenxem” himoyachisi Jed Spens to‘pni o‘z darvozasiga yo‘lladi. 59-daqiqada “Bavariya”dan ijaraga olingan forvard Matis Tel hisobini qisqartirdi. 64-daqiqada hujumchi Larsen “Vulverxempton”ning uchinchi golini urdi. 85-daqiqada braziliyalik Risharlison hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi. 86-daqiqada uning hamyurti Mateus Kunya mezbonlarning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.

"Tottenxem" 32-turdan keyin 37 ochko bilan APL turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda. “Vulverxempton” hisobida 35 ochko bor. Jamoa 16-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 20:08, 13.04.2025.
O'qildi: 547 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик