Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Nyukasl» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni tor-mor keltirdi

APL. «Nyukasl» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni tor-mor keltirdi

Baho:
+ | -1

Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan «Sent-Djeyms Park» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda maydon egalari 4:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishishdi.

24-daqiqada italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali hisobni ochdi. 37-daqiqada «MYU» vingeri Alexandro Garnacho hisobni tenglashtirdi.

49-daqiqada «Nyukasl» yarim himoyachisi Xarvi Barns jamoasiga ustunlikni qaytardi. 64-daqiqada u dublini rasmiylashtirdi. 77-daqiqada «Nyukasl»ning himoyaviy yarim himoyachisi Brunu Gimarayns hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 4:1.

«Manchester Yunayted» darvozasini bugun Altay Bayindir qo‘riqladi.

Ushbu g‘alaba «Nyukasl» jamoasiga ochkolar sonini 56 taga yetkazib, Angliya chempionati jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi. «Manchester Yunayted» esa 38 ochko bilan 14-o‘rinda qoldi.

Angliya Premyer-ligasi. 32-tur
2025 yil 13 aprel, yakshanba. 20:30
Nyukasl Yunayted — Manchester Yunayted — 4:1  
Gollar:  
1:0 — Tonali, 24'  
1:1 — Garnacho, 37'  
2:1 — Barns, 49'  
3:1 — Barns, 64'  
4:1 — Gimarayns, 77'

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:56, 13.04.2025.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик