Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Davletov: «Himoya chizig‘imiz bugun yaxshi o‘ynadi»

Davletov: «Himoya chizig‘imiz bugun yaxshi o‘ynadi»

Baho:
+ | -

"Surxon" klubi ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashib OAV vakillarining savollariga javob berdi.

O‘yin haqida

— Birinchi bo‘limda biz ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, "Nasaf" esa xatolarni kechirmaydi. "Nasaf" hujumga o‘tishda juda mohirona o‘ynaydi va ko‘plab golli vaziyatlar yaratdi. Yaxshiyamki, Potapov bizga yordam berdi va himoyachilar ham juda yaxshi yordam berishdi. Menimcha, himoya chizig‘imiz bugun yaxshi o‘ynadi va kerakli paytlarda darvozabonimizni qo‘llab-quvvatladi.

Ikkinchi bo‘limda biz o‘zgarishlarni qildik, shunda jamoa hujumga o‘tishga harakat qildi. Menimcha, raqib maydondan chetlatilgandan keyin bizda sezilarli ustunlik bo‘lmadi. 2-3 imkoniyat bo‘ldi, lekin bizni gol urishdagi samaradorlik yo‘qligi pand berdi. Hujumda tajovuzkorlik yetishmadi. Juda ko‘p mayda va o‘rta uzatmalar bo‘ldi. Ammo biz to‘pni jarima maydonchasiga yetkazib, u yerga yugurib kira olmadik. Shuningdek, qo‘shimcha qilmoqchimanki, "Nasaf" himoyada mahorat bilan o‘ynadi va bu yerda raqibning kuchi bilindi.

— Bugungi uchrashuvda jamoada qanday maqsad edi?
— Biz har bir o‘yinda faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Har bir sportchi g‘alaba uchun o‘ynash kerak. Jamoada motivasiya bor edi. Menimcha, Qarshiga kelgan har bir jamoa g‘alaba uchun o‘ynaydi.

— Mavsumning birinchi o‘yinlarda Artyom Potapov maydonda yo‘q edi va "Surxon" mag‘lub bo‘lgan edi. O‘tgan turda u qaytdi va "Surxon" g‘alaba qozondi. Hozir ham Potapov yaxshi harakat qildi. Nima uchun mavsum boshidayoq darvozabon o‘ynamadi?
— Artyom jarohat tufayli mavsumoldi yig‘inni to‘liq o‘tkazmadi. O‘tgan o‘yinlarda biz xatolar tufayli gollarni o‘tkazib yuborgandik. Savollingizga qaytsak, qo‘shilaman siz bilan, Potapov bugun sifatli o‘yinni ko‘rsatdi.

— Ikkinchi bo‘limda Oybek Bozorovning maydondan chetlatilishi paytida, "Surxon" o‘yinchisi uni provokasiya qilgandek tuyuldi. Bu haqda nima deya olasiz?
— Hech qanday holatda bu fikringizga qo‘shila olmayman. Biz hech qachon raqibni ataylab provokasiya qilmaymiz va futbolchilarimizni bunday harakatlarga o‘rgatmaymiz. Bu holatda futbolchilarning his-tuyg‘ulari haddan oshib ketdi, xolos.

— Bugungi hakamlikni qanday baholaysiz?
— Menimcha, hakamlarning ishini mutaxassislar o‘zlari baholashadi. Men faqat o‘z jamoam uchun javobgarman.

Manba: pfcsurkhon.uz
Kiritildi: 07:22, 14.04.2025.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.