Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Elbek Samatov: "Har qanday tarix bir kun kelib yangilanadi"

Elbek Samatov: "Har qanday tarix bir kun kelib yangilanadi"

Baho:
+ | -

"Andijon"ning "Paxtakor"ga qarshi tarixiy g‘alabasidan so‘ng klub bosh direktori Elbek Samatov jurnalistlarning ayrim savollariga javob qaytardi.

- Ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz. Hissiyotlar qanday?

- Avvalambor, barcha muxlislarimizni, Andijon xalqimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman. 26 yil deganda Toshkentda “Paxtakor” ustidan g‘alaba qozondik. Har qanday tarix albatta bir kun kelib yangilanadi. O‘tgan yili Kubokni oldik, yangi tarix yaratdik. Bugun ham o‘yindan oldin kiyinish xonasiga kirib futbolchilarga “har qanday tarix bir kun yangilanadi, biz emas, aksincha raqib bizdan qo‘rqishi kerak, boringlarni beringlar”, deb aytdim. Yana bir narsani aytishim mumkinki, yigitlar zo‘r o‘ynashdi, muxlislar ham zo‘r qo‘llab-quvvatlashdi, hammaga rahmat. Asosiysi, bosh murabbiymizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki, 1-daqiqadan 90-daqiqagacha murabbiyning imzosi ko‘rindi.

- “Andijon” bu yil OCHLda qatnashadi va O‘zbekistonning bayroqdori hisoblanadi. Bu musobaqaga tayyorgarlik qanday ketyapti, ikkinchi davraga kelib qanaqa o‘zgarishlar bo‘ladi?

- Osiyo Chempionlar ligasiga tayyorgarligimiz yil boshidan boshlangan. Qaysidir ma’noda tarkibimizni OCHLni hisobga olib yig‘ganmiz. Nimagaki, biz bu yerda nafaqat Andijon, balki butun O‘zbekiston sha’nini himoya qilamiz. Bu o‘ziga yarasha mas’uliyat talab qiladi. Yozda bir-ikkita pozisiyalarni o‘zgartirishimiz mumkin. Biroq bunga hali erta. O‘yinlar davomida murabbiylar shtabi bilan gaplashgan holatda ko‘rib chiqamiz.

- Bugun muxlislar stadionni “yondirdi”...

- Ishqibozlarimizga katta rahmat. Andijondan uzoq yo‘l bosib kelishgani uchun minnatdormiz. Ularning olqishlashi evaziga jamoamiz xuddi o‘z uyida o‘ynadi, deb aysak bo‘ladi" - dedi Samatov.

Kiritildi: 10:16, 14.04.2025.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик