Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

AQSHda o‘tkazilgan “Navruz Cup-2025” futbol turnirida Server Jeparov faxriy mehmon bo‘ldi

AQSHda o‘tkazilgan “Navruz Cup-2025” futbol turnirida Server Jeparov faxriy mehmon bo‘ldi

Baho:
+ | -

AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Navruz Cup” futbol turnirining bu yilgi bosqichi ham yuqori saviyada tashkil etildi. Turnir “Mahalla USA” jamiyati tashabbusi bilan o‘tkazilib, unga Nyu-Jersi shtatidagi “Turkiston” jamiyati mezbonlik qildi.

Musobaqada Kaliforniya, Tennessi, Illinoys, Ohayo, Kanzas, Nyu-York va Nyu-Jersidan jami 15 jamoa ishtirok etdi. Turnirda faxriy mehmon sifatida ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov ishtirok etdi.

Musobaqa yuqori darajada tashkil etilgan. Jamoalarning tayyorgarligi, futbolchilarning mahorati e’tiborga molik. Ularning ayrimlari bemalol O‘zbekiston birinchiligi yoki Pro-ligasida o‘ynay oladi, dedi Jeparov.

Finalda “Lochin” (Kanzas) jamoasi “Dinamo” (Nyu-Jersi) ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin esa “Hamkor” (Ogayo) jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa doirasida Navro‘z bayrami ham keng nishonlandi: osh, sumalak, sport bellashuvlari va O‘zbekiston xalq artisti Izro Malakovning kuy-qo‘shiqlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Otabek Eshmamatov, Nyu-Jersi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:06, 14.04.2025.
O'qildi: 903 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.