"Bavariya" YECHLdan chiqib ketganidan keyin yevromavsumning faqat bitta sovriniga da’vogarlik qilmoqda.
Myunxenliklar Chempionlar ligasi chorak final javob bahsida "Inter" bilan durang o‘ynadi (2:2). Birinchi o‘yinda Vensan Kompani jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Qishda "Bavariya" musobaqaning 1/8 finalida "Bayer"ga (0:1) yutqazib, Germaniya kubogini tark etdi.
Ayni paytda myunxenliklar 69 ochko bilan Bundesligada peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rindagi "Bayer" bilan oradagi farq 6 ochkoni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" yozda AQSHda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etadi.













