Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike "Inter"ga o‘tishga rozilik berdi

Luis Enrike "Inter"ga o‘tishga rozilik berdi

Baho:
+ | -

Luis Enrike "Inter"ga o‘tishga tayyor.

Milan klubining "Marsel" vingeri bilan shaxsiy shartnomasi shartlari bo‘yicha muzokaralari yuqori bosqichda, deya xabar beradi Fabrisio Romano. Braziliyalik futbolchi o‘tishga qiziqmoqda. Unga Myunxenning "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

"Neradzurrilar" Fransiya klubi bilan transfer borasida ham muzokaralar olib borishmoqda. "Marsel" bonuslar bilan birga 30-35 million yevro so‘rayapti, "Inter" esa 10 million yevro kam taklif qilmoqda.

Matteo Morettoning yozishicha, futbolchi allaqachon transferga rozi bo‘lgan.

Luis Enrike Liga 1ning joriy mavsumida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:00, 17.04.2025.
O'qildi: 4659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик