Kataloniyaning "Barselona" klubi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 60 yoshli nemis bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani yana 1 yilga uzaytiradi.
Hozirda jamoa La Ligada peshqadam, Ispaniya kubogi finalida va YECHL yarim finalida ishtirokini davom ettirmoqda.













