Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Lokomotiv" ustozi: "Katta hududiy ustunlikka ega bo‘ldik"

"Lokomotiv" ustozi: "Katta hududiy ustunlikka ega bo‘ldik"

Baho:
+ | -

Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy Pro liga doirasida "Jayxun" jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

"Katta hududiy ustunlikka ega bo‘ldik. Bu o‘yinda ham golga tortadigan ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Muammo yana o‘sha-o‘sha: vaziyatlardan foydalanish qiyin bo‘lmoqda. Biroq bugungi o‘yinda reja qilingan ko‘plab ishlarimiz o‘xshadi. Raqiblar yosh futbolchilar harakat qilishdi, pressing qilishdi, murabbiyi boshqarib turdi, qaysidir vaziyatlarda bizga muammolar yaratib turdi. Biz bundan osonlik bilan chiqib keta oldik. Jarimadan ustun poylangan vaziyatdan tashqari ularda boshqa vaziyat bo‘lgani yo‘q. Raqibni yaxshi o‘rganib chiqqandik, nimalarga qodirligini bilardik. Shunda ham o‘sha xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘sha vaziyatda tartibliroq harakat qilishimiz kerak edi. Jarimalarga tayyor bo‘lishimiz kerak bo‘lgandi. Xa, to‘rtta gol urgan bo‘lsak ham ko‘prog‘ini istagandik. Doim ham biz istagandek bo‘lmas ekan.

- Raqiblar haqida nima deya olasiz?

- "Jayxun" - yosh jamoa. Ular yaxshi harakat qilishmoqda, murabbiyning faoliyati ko‘rinyapti. Jamoa yomon emas.

- 3 kundan keyin "Lokomotiv"ni Buxoroda kubok o‘yini kutib turibdi.

- Hozir eng asosiysi tezroq tiklanib olib, yaxshi holatda yetib borish kerak. Barchasi shu o‘yinda hal bo‘ladi. Yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Biz ham yosh bola emasmiz, qo‘limizdan kelganini qilamiz" - dedi Kolosovskiy.

Kiritildi: 21:32, 20.04.2025.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.