Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Qahramon futbolchilarimiz tantanali kutib olindi

Qahramon futbolchilarimiz tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tgan futbol bo‘yicha U17 Osiyo kubogida mardonavor ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi diyorimizga qaytib keldi.

Tantanali kutib olish marosimi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, mamlakat futbol assotsiasiyasi rahbariyati, shuningdek, futbolchilarimizning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Rasmiylar yigitlarimizning butun musobaqadagi yorqin o‘yinlari, ayniqsa, mezbonlarga qarshi final bahsidagi irodali g‘alabalarini alohida e’tirof etib, ularning kelgusi faoliyatida ham mana shunday shijoat va kuch-g‘ayrat tiladilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi tomonidan terma jamoa a’zolariga yo‘llangan tabrigi, musobaqa g‘oliblari va uning ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmon o‘qib eshittirildi.

Shundan so‘ng terma jamoa a’zolariga Prezident sovg‘asi – avtomashinalar topshirildi. Unga ko‘ra, futbolchilarimizga “Cobalt”, bosh murabbiyga esa “Equinox” mashinalarining kalitlari tantanali taqdim etildi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:24, 21.04.2025.
O'qildi: 999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.